» » Qashqadaryolik tadbirkor 3 tonna sabzavot va 3 ming dona tibbiyot niqobini aholiga bepul tarqatdi

Qashqadaryolik tadbirkor 3 tonna sabzavot va 3 ming dona tibbiyot niqobini aholiga bepul tarqatdi


Qashqadaryolik tadbirkor 3 tonna sabzavot mahsulotlari va 3 ming dona tibbiyot niqobini aholiga bepul tarqatdi. Bu haqda Dehqonobod tuman hokimligi bergan ma’lumotga tayanib, “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Dehqonobod tumanidagi “Muhammad ota” xususiy korxonasi rahbari Sunnat Jo‘rayev karantinda ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga ko‘mak berishga harakat qilmoqda.

“Bugun 3 tonna kartoshka, sabzi va piyoz tarqatdik. Nasib etsa bu ishimizni davom ettiramiz va yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi tadbirkor.

Ta’kidlanishicha, tadbirkor tomonidan aholiga 3 ming dona tibbiyot niqobi ham tarqatilgan.

Dehqonobod tuman hokimi o‘rinbosari Jasur Ravshanovning ma’lumot berishicha, tumanda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tumandoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida aholiga yordam berishga harakat qilmoqda.

“Har kuni tadbirkorlardan biri tashabbus bilan chiqayotgani quvonarli. Biri kartoshka tarqatsa, biri niqob tarqatyapti. Yana biri esa ho‘kiz so‘yib aholiga bepul go‘sht ulashmoqda”, — deydi Jasur Ravshanov.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют