» » Tramp: “Oq uy hech nima qilmaganida 2 mln nafardan ortiq amerikalik koronavirusdan o‘lib ketgan bo‘lardi”

Tramp: “Oq uy hech nima qilmaganida 2 mln nafardan ortiq amerikalik koronavirusdan o‘lib ketgan bo‘lardi”


Amerika hukumati o‘zining sa’y-harakati bilan COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida qurbonlar sonining yanada ortib ketishi oldini oldi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy hech nima qilmaganida COVID-19 virusidan 2 milliondan ortiq amerikalik o‘lib ketgan bo‘lardi.

“Agarda o‘lim sonini 100-200 mingga qadar qisqartira olsak, yaxshi ishlagan bo‘lamiz”, — deydi Tramp.

Shuningdek, u koronavirus tarqalishiga qarshi choralarni 30-aprelga qadar uzaytirish bo‘yicha topshiriq bergan. Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, AQShda koronavirus oqibatida vafot etish holatlarining eng yuqori nuqtasi keyingi ikki hafta davomida kuzatilishi mumkin. Mamlakatning pandemiyadan qayta oyoqqa turishi esa 1-iyundan boshlanadi.

Mavzuga doir: AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi

Avvalroq AQShda koronavirus sabab fuqarolarning harakat marshrutini ularning smartfonlari orqali kuzatish boshlangani haqida xabar berilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 142,5 mingdan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют