» » Toshkentdagi DXMlarda 1-aprel soat 6:00 ga qadar shaxsiy avtomobilda ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berilishi haqidagi e’lonlar paydo bo‘ldi

Toshkentdagi DXMlarda 1-aprel soat 6:00 ga qadar shaxsiy avtomobilda ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berilishi haqidagi e’lonlar paydo bo‘ldi


O‘zbekistonda 30-mart soat 6:00 dan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyatlar markazlarida maxsus stiker (ruxsatnomasiz) avtotransportni boshqarish taqiqlanishi e’lon qilingan edi.

30-mart kuni Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Xalq qabulxonalarida 1-aprel soat 6:00 ga qadar shaxsiy avtomobilda maxsus stiker (ruxsatnomasiz) harakatlanishga ruxsat berilgani haqida e’lonlar paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar yo‘llagan videoxabarlarda Toshkentdagi DXM va Xalq qabulxonalari oldida to‘planganlarga mas’ullar taqiq hozircha amal qilmasligi, bemalol avtomobilda harakatlanish mumkinligi aytayotganini ko‘rish mumkin.

E’lonlarda ko‘rsatilishicha, maxsus stiker (ruxsatnoma) olish jarayoni Yagona portal — My.gov.uz orqali amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют