» » O‘zbekistonda xodimlarni masofaviy ishlashga o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda xodimlarni masofaviy ishlashga o‘tkazish tartibi tasdiqlandi


“Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Buyruq bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, karantin davrida ish beruvchi xodimning roziligi bilan uni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazishi mumkin.

Bunda ushbu huquqdan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.

Xodimning masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazilishi ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Masofaviy ishga o‘tkazish yuzasidan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishda mehnatning boshqa shartlari bilan birga quyidagilar ham ko‘rsatiladi:

Mazkur ishlash usuliga o‘tkazilgan xodimlarning mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangani sababli barcha ta’lim muassasalari karantin uchun yopildi hamda boshqa tashkilotlarda sanitar-gigiyenik choralar kuchaytirildi. Adliya vazirligi karantin sharoitida ish beruvchi qanday ishlarni bajarishi kerakligini eslatib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют