» » Toshkentda karantinga qaramay kuyov-navkar o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda karantinga qaramay kuyov-navkar o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Karantin e’lon qilinganiga qaramay Toshkentning Yunusobod tumanida kuyov-navkar marosimini o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Toshkentning Yunusobod tumani Markaz-4 dahasida 28-mart kuni an’anaviy to‘yning tarkibiy qismi hisoblangan kuyov-navkar marosimi o‘tkazilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videoxabarlar tarqalgan edi.

Voqea joyiga profilaktika inspektorlari borib, marosimda ishtirok etuvchilarning barchasini IIBga olib kelgandi. Kelinning otasi bir kun avval profilaktika inspektori va mahalla raisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 176-son qarori bilan tanishtirilib, to‘y o‘tkazish mumkin emasligi haqida ogohlantirilgan bo‘lgan.

Mavzuga doir: Karantin vaqti Toshkentda o‘tkazilgan marosim mezboni: “Kichkina kuyov-navkar kelib, kelinni olib ketmoqchi edi. To‘yni karantin tugagach qilmoqchi edik”

Shunga qaramay 55 yoshli A.Sh. 22 yoshli qizi K.Sh. va 23 yoshli kuyovi A.A. va uning o‘rtoqlari ishtirokida kuyov-navkar marosimini o‘tkazganligi yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu moddadagi jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan boshlab to‘y-marosimlar o‘tkazish bekor qilingan edi. 27-martdan boshlab esa zaruratsiz ko‘chaga chiqish, ko‘chada va jamoat joylarida uch kishidan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlangan. Fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masofa saqlashi shartligi belgilangandi.

Mavzuga doir: Mavluda Asalxo‘jayeva karantin vaqtida o‘tkazilgan to‘yga borgani haqidagi xabarga izoh berdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют