» » O‘zbekiston parlamenti Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasini o‘rganishga kirishdi

O‘zbekiston parlamenti Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasini o‘rganishga kirishdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga oid masalani ko‘rib chiqishga kirishdi, deb xabar beradi palata matbuot xizmati.

Parlament quyi palatasi Kengashi qarori bilan O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.

Ishchi guruhi vazifalari:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidovning ta’kidlashicha, bu borada Vazirlar Mahkamasiga ham bir qator vazifalar yuklangan.

“Hukumat oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Chunonchi, ishchi guruhini O‘zbekistoning YeOII bilan hamkorlik masalasiga taalluqli barcha axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlashi, zaruratdan kelib chiqib, fraksiyalar hamda qo‘mitalarning ushbu masala yuzasidan o‘tkaziladigan majlislarida mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarining ishtirokini kafolatlashi belgilandi. Shu bilan birga, keng jamoatchilikning fikrini o‘rganish va ularning xohish-irodasiga tayangan holda O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligi masalasi yuzasidan fuqarolar hamda biznes hamjiyati o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, uning yakunlari yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish nazarda tutildi.

Quyi palatada ishchi guruhi a’zolari tomonidan ushbu ma’lumotlar bilan birga barcha fraksiyalar va qo‘mitalarning xulosalari ham olinadi va umumlashtiriladi”, — deydi Saidov.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev yanvarda parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida ushbu masala hukumat tomonidan parlament muhokamasiga kiritilishi va xalq vakillari bilan batafsil ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan edi. Mart oyining boshlarida esa O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi-davlat maqomida qo‘shilishi ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют