» » Xavi “Barselona”ni kuchaytira oladigan futbolchilarni aytdi

Xavi “Barselona”ni kuchaytira oladigan futbolchilarni aytdi


“Barselona” sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes katalon klubini kuchaytira olagan futbolchilar nomini sanab o‘tdi.

“Jamoaning ko‘plab futbolchilari menga kuchli ko‘rinmoqda. Men uchun dunyodagi eng yaxshi darvozabondan boshlab, Xordi Alba, jahondagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi, Pike, eng yaxshi markaziy himoyachi. Buskets, eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi va Messi — dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi. Luis Suares, Frenki de Yong va Arturni qo‘shadigan bo‘lsak, menimcha, ular “Barselona”da yana o‘n yil harakat qila oladi.

Klub bazasi juda yaxshi. Men jamoa qanotlarini kuchaytirgan bo‘lardim. Masalan, Neymar bilan. Ijtimoiy tomondan qaraganda u to‘g‘ri kelish, kelmasligini bilmayman, biroq futbol borasida olib qarasak, u ajoyib transfer bo‘lishiga ishonaman. “Barselona”ning ortki chizig‘ida o‘yin bor, ammo ularga “Bavariya”dagi kabi qanotlar yetishmayapti. Jamoaga ko‘plab yangi o‘yinchilar shart emas. Balki, Jeydon Sancho va Serj Gnabri kabi futbolchilar ham zarar qilmas...”, — deydi Xavi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют