» » Karatin davrida kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni qanday ko‘rish mumkinligi ma’lum qilindi

Karatin davrida kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni qanday ko‘rish mumkinligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda karantin davrida kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni ko‘rish va hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini Majburiy ijro byurosi idoralariga jo‘natishga imkon beruvchi Telegram boti ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Telegram’dagi @mibuzbot boti orqali fuqarolar foydalanilgan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorligini ko‘rishi va hisoblagich ko‘rsatkichlarini fotosuratga olib, ushbu botga jo‘natishi mumkin.

Byuro davlat inspektorlari abonentlar tomonidan yuborilgan suratlarni qabul qilib, ko‘rsatkichlarni tasdiqlaydi va ularning maxsus bazaga kiritilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, Majburiy ijro byurosining “www.mib.uz” rasmiy saytidagi “Kommunal xizmatlardan qarzdorlikni aniqlash” bo‘limida oxirgi ko‘rsatkichlarni jo‘natish imkoni mavjud.

Qayd etilishicha, fuqarolarda komunal xizmatlar yoki ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelsa, uni Payme, Paynet, Click, UPay va boshqa mobil to‘lov tizimlari yordamida to‘lab borish mumkin.

Avvalroq ichimlik, oqova, issiq suv ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga karantin davrida to‘lovlar uchun jarimalar va peniyalar joriy etilmasligi hamda qarzdor iste’molchilar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilmasligi, iste’molchilar suv va kanalizatsiya tarmoqlaridan uzilmasligi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda 1-apreldan issiqlik ta’minotini o‘chirish boshlanadi, lekin issiq suv o‘chirilmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют