» » O‘zbekistonda karantin payti to‘ylarni “imi-jimida” o‘tkazib yuborish mumkinmi?

O‘zbekistonda karantin payti to‘ylarni “imi-jimida” o‘tkazib yuborish mumkinmi?


30-mart, dushanba kuni, soat 13:30 da AOKA huzuridagi shtabda ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda Yunusobod tumanida to‘y marosimini o‘tkazgan otaxonga nisbatan qanday chora ko‘rilgani, zarur holatlarda qarindoshlardan tashqari hech kimni taklif etmasdan “imi-jimida” kichik yig‘inlarni o‘tkazib yuborish mumkinmi, deya savol berildi.

IIV matbuot kotibining bildirishicha, haqiqatan ham, 28-mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro bir kun oldin profilaktika inspektori va mahalla raisi tomonidan bunday tadbir o‘tkazish karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish ekanligi haqida rasmiy ravishda tilxat olib ogohlantirilganiga qaramay, qizini uzatish maqsadida “kuyov-navkar” marosimini o‘tkazgan, tadbirga o‘zining qarindoshlari, kuyov va uning do‘stlarini taklif etgan.

Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi, ya’ni epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Karantin vaqti Toshkentda o‘tkazilgan marosim mezboni: “Kichkina kuyov-navkar kelib, kelinni olib ketmoqchi edi. To‘yni karantin tugagach qilmoqchi edik”

“‘Imi-jimida’ to‘y marosimini yoki boshqa yig‘inlarni o‘tkazish taqiqlangan. Agar ichki ishlar organlari to‘y yoki boshqa marosimlarni o‘tkazayotganingizni aniqlasalar, siz jinoiy javobgarlikka tortilasiz. Albatta, dafn marosimlari bundan mustasno”, — deya javob bergan Shohrux G‘iyosov va fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘ragan.

Avvalroq Toshkentda karantinga qaramay kuyov-navkar o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют