» » Hindistonlik politsiyachi koronavirus shaklidagi shlemda xizmat vazifasini o‘tamoqda (foto)

Hindistonlik politsiyachi koronavirus shaklidagi shlemda xizmat vazifasini o‘tamoqda (foto)


Hindistonlik politsiyachi Rajesh Babu ishga noodatiy bosh kiyimida chiqdi, deb xabar berdi Metro.

Ushbu politsiyachi koronavirus infeksiyasi ko‘rinishidagi shlemda Chennay shahri ko‘chasida faoliyat olib borgan.

Huquq-tartibot organi xodimi shu tariqa koronavirusga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shib, mahalliy aholi vakillarini karantinga rioya etish muhimligini eslatmoqda, deyiladi xabarda.

“Biz qo‘limizdan kelgan barcha choralarni qo‘llayapmiz, lekin odamlar baribir ko‘chaga chiqyapti. Shuning uchun muammoning naqadar jiddiyligini odamlarga bildirish uchun shunday shlemdan foydalanishga qaror qildim”, — deydi Rajesh Babu.

Politsiyachi o‘z tashqi ko‘rinishi bilan odamlarda koronavirusga jiddiyroq yondashuvni shakllantirishiga ishonmoqda.

Mavzuga doir: Vyetnamda koronaburgerlar tayyorlanmoqda (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют