» » “Quvasoysement” koronavirusga qarshi kurash uchun 100 mln so‘m xayriya qildi

“Quvasoysement” koronavirusga qarshi kurash uchun 100 mln so‘m xayriya qildi


Farg‘ona viloyatidagi “Quvasoysement” aksionerlik jamiyati mamalakatda koronavirusga qarshi kurash uchun 100 million so‘m miqdoridagi mablag‘ni xayriya qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hukumatining koronavirusga qarshi kurashdagi sa’y-harakatiga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida 100 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘i “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazib berilgan.

Avvalroq DXX, Bosh prokuratura va MIB xodimlari koronavirusga qarshi kurash uchun o‘z maoshlarining bir qismini mazkur jamg‘armaga o‘tkazib bergan edi. “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga bir kunda 5 milliard so‘m mablag‘ yig‘ilgani, xususan, nomini oshkor qilishni istamagan birgina tashkilotning o‘zi fondga 1 milliard so‘m o‘tkazib bergani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilgan mablag‘lar birinchi navbatda dori-darmon, tibbiy anjomlar, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena vositalari, kasallik profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot materiallariga ishlatiladi. Shuningdek, mazkur mablag‘lar tibbiyot muassasalarini qurish, bemorlar, karantindagilar bilan bevosita ishlayotgan shifokorlarni rag‘batlantirishga ham yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют