» » Turkiyadan O‘zbekistonga import qilingan 23 ming tup olma ko‘chati zararli organizm sababli yo‘q qilindi

Turkiyadan O‘zbekistonga import qilingan 23 ming tup olma ko‘chati zararli organizm sababli yo‘q qilindi


Turkiyadan O‘zbekistonga import qilingan hamda ildizida zararli organizmlar bo‘lgan 23 200 tup olma ko‘chati mamlakatga kiritilmadi va yoqib yuborildi. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatining “Buxoro 2 TIF” o‘simliklar karantini chegara maskanida Turkiyadan import qilingan 23 200 tup olma ko‘chati O‘zbekistonga kiritilmagan.

Turkiyadan zararli organizm bilan import qilingan olma ko‘chatlari O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining Markaziy laboratoriyasiga yuborilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ko‘chatlarning ildiz qismida O‘zbekiston uchun karantindagi bo‘rtma nematoda zararli organizmi mavjudligi aniqlangan va tegishli karantin choralari ko‘rilishi yuzasidan xulosa berilgan.

Ta’kidlanishicha, bo‘rtma nematoda pomidor, bodring, sabzi, piyoz, g‘o‘za ekinlari, gilos, o‘rik va boshqa turdagi mevali daraxtlarni kuchli zararlaydi. Bo‘rtma nematoda lichinkalarining rivojlanishi natijasida o‘simlik butunlay nobud bo‘ladi.

Ayni paytgacha dunyo bo‘yicha bo‘rtma nematodalar bilan 2000 ga yaqin turli oilaga mansub madaniy va yovvoyi o‘simliklar zararlanishi aniqlangan bo‘lib, bu holat yil sayin ortib bormoqda. Hududga kirib kelgan nematoda nafaqat mavjud hosilni nobud qiladi, balki sug‘orish, texnika va tuproq orqali boshqa dalalarga ham tarqaladi.

“O‘zdavkarantin” inspeksiyasining taqdimnomasiga muvofiq, olma ko‘chatlari keltirilgan hududda karantin holati e’lon qilingan hamda Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining maxsus poligonida tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida mazkur ko‘chatlar yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют