» » Messi “Barselona” futbolchilari maoshining 70 foizidan voz kechishini ma’lum qildi

Messi “Barselona” futbolchilari maoshining 70 foizidan voz kechishini ma’lum qildi


“Barselona” sardori Lionel Messi koronavirus pandemiyasi sabab jamoa futbolchilarining maoshi kamaytirilishi haqida ma’lum qildi.

Messining ta’kidlashicha, futbolchilar maoshlarining 70 foizgacha qisqarishiga rozi bo‘lgan. Shu bilan birga o‘yinchilar “Barselona”ning qolgan xodimlari maoshini to‘liq olishi uchun pul o‘tkazib beradi.

“Mana shu oson bo‘lmagan paytlarda “Barselona” atrofida maoshlar bilan bog‘liq turli gap-so‘zlar bo‘ldi. Shuni ma’lum qilishim kerak, har birimiz maoshning kamaytirilishini xohladik, chunki bu holat (koronavirus) izdan chiqib ketmoqda.

Klub yordam so‘rasa futbolchilar birinchilardan bo‘lib bu ishni bajarishi kerak. Futbolchilar bunga tayyor edi. Biroq klub ichidagi ba’zi birovlar bizni noqulay holatga tushirish va bosimni ko‘paytirishga urindi, bu esa bizni hayron qoldirdi.

Aslini olganda, kelishuvning bir necha kun ortga surilganiga sabab shuki, biz klub va uning xodimlariga bu qiyin kunlarda yordam berishning eng yaxshi yo‘llarini qidirdik.

Inqiroz vaqtida futbolchilar 70 foiz maoshidan voz kechishdan tashqari klubning qolgan xodimlari maoshini to‘liq olishi uchun maxsus o‘tkazmalar amalga oshiramiz.

Buni shu vaqtga qadar e’lon qilmaganimizga yagona sabab: klubga haqiqatda yordam bera oladigan qarorni izladik”, — deyiladi bayonotda.

Messining ushbu murojaati bir oz vaqt o‘tgach “Barselona”ning qolgan bir qator futbolchilari sahifasida paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” futbolchilarning maoshini 70 foizgacha qisqartirmoqchi ekani, biroq ayrim o‘yinchilar bunga qarshi chiqayotgani haqida xabarlar yangragandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют