» » Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 3 turdagi dori ishlab chiqilgani ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 3 turdagi dori ishlab chiqilgani ma’lum qilindi


Rossiya Fanlar akademiyasi (RFA) mutaxassislari tomonidan yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan COVID-19 kasalligini davolash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan uchta dori vositasi ishlab chiqilgan. Bu haqda RFA vitse-prezidenti, akademik Vladimir Chexoninga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Chexonin tomonidan ma’lum qilinishicha, bir necha yil oldin Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filialining Organik sintez institutida virusga qarshi triazavirin dori vositasi ishlab chiqilgan. Mazkur dori uni koronavirus infeksiyasini davolashda ishlatish mumkinligi jihatdan xitoylik mutaxassislarni qiziqtirmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ushbu dorining faqat nafas olish yo‘llarining virusli infeksiyasini davolash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ingalyatsion shakli tayyor. Aynan mazkur dori COVID-19 infeksiyasini davolash uchun yanada maqbul bo‘lishi mumkin. Ushbu dori vositasini ixtisoslashtirilgan muassasalarga sinovlar uchun yuborishga tayyor.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Organik sintez instituti va Moskvadagi Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti bilan birgalikda RNK viruslari deb ataladigan infeksiyalarni davolash uchun Yaponiyada ishlab chiqarilgan virusga qarshi favipiravirning Rossiya farmasevtika sanoati sintez sxemasi talablariga javob beradigan “juda samarali” shakli yaratilgan. RNK viruslari qatoriga hozirgi konavirus ham kiradi. Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u ham sinovlardan o‘tishga tayyor.

Boshqa bir dori, fortepren, ilgari Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida Organik kimyo instituti bilan hamkorlikda hayvonlarda koronavirus infeksiyasini davolashda ishlatiladigan fosprenil preparatiga asoslangan holda yaratilgan.

“U klinik sinovlarning barcha bosqichlarini bosib o‘tdi, ya’ni hatto odamlarda ham sinovdan o‘tgan. Fortepren ro‘yxatdan o‘tish bosqichida turibdi, shundan keyingina COVID-19 ga qarshi uning faolligini tekshirish uchun sinovga topshirilishi mumkin”, — dedi akademik.

Chexoninning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchta dori Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida qiziqish uyg‘otdi va bugungi kunda Fanlar akademiyasi hamda Ta’lim va fan vazirligining kimyoviy bo‘limlari faoliyatida ustuvor yo‘nalishga aylandi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyada Fanlar akademiyasi mutaxassislari ishtirokida yangi infeksiyaga qarshi uchta vaksina ishlab chiqilmoqda. Novosibirskdagi “Vektor” ilmiy markazidan tashqari, MDUning biologiya fakultetida, Shemyakin va Ovchinnikov bioorganik kimyo institutida, shuningdek, Vavilov nomidagi Umumiy genetika institutida ishlar olib borilmoqda.

Rossiyada COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning umumiy soni 1534 kishiga yetdi, ularning 1014 nafari Moskvada qayd etilgan. 64 kishi tuzalgan, sakkiz nafari vafot etgan. Moskvaning barcha aholisi uchun uy sharoitida izolyatsiyalanish rejimi joriy etildi. Moskva meriyasi koronavirus sabab ishsiz qolgan shahar aholisiga 19,5 ming rubldan kompensatsiya to‘laydi.

Avvalroq Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 2 ta yangi test tizimi yaratilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Rossiya COVID-19 ni davolashda foydalanish mumkin bo‘lgan preparat nomini e’lon qilgan edi.

Mavzuga doir: Koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo‘ladi? O‘zbekistonlik tadqiqotchi tushuntiradi

AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangan, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, avvalroq Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgani haqida ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют