» » Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ish haqining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ish haqining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi.

“Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyati koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida muhim choralar ko‘rmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha soha vakillari mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, xalqimizga xos mehr-muruvvat, saxovat kabi xislatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdi”, — deyiladi press-relizda.

Fond mablag‘lari dori-darmon, tibbiy anjomlar, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena vositalari va koronavirusga qarshi kurashdagi boshqa choralarni moliyalashtirish, tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют