» » Real hayotdagi Need for Speed. Rossiyalik ko‘cha poygachilari kompyuter o‘yinini sahnalashtirdi (video)

Real hayotdagi Need for Speed. Rossiyalik ko‘cha poygachilari kompyuter o‘yinini sahnalashtirdi (video)


Rossiyaning ko‘cha poygachilari jamoasi Sankt-Peterburgda xuddi Need for Speed: Most Wanted kompyuter o‘yinidagi kabi sahnani yaratdi. Rolikdan ko‘rish mumkinki, bunda BMW M3 GTR, Toyota Supra va Porsche Cayman ishtirok etgan, deb xabar beradi Motor.

Rossiya shahrining ko‘chalaridan olingan kadrlarda Need for Speed: Most Wanted o‘yinidagi infografika va bannerlarni, shuningdek, uchinchi shaxsning o‘yinga qo‘shilishi, politsiyaning turli joylardan ta’qibi hamda o‘zgarayotgan ob-havoni ko‘rish mumkin.

YouTube foydalanuvchilari video ostiga o‘yin ijodkorlari aynan shunday reallikka yaqin darajaga intilishlari lozimligi haqida izohlar qoldirmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu Vladislav Chekunovning birinchi roligi emas. 2019-yilning kuz oyida u Need for Speed Underground syujeti asosida ham ikkita videoni e’lon qilgan. Unda o‘yindagi orginal sozlamalar menyusi, ovoz va effektlardan foydalanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют