» » AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 160 ming kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 160 ming kishidan oshib ketdi


AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 164 ming kishidan, vafot etganlar soni esa 3,1 ming kishidan oshdi. Bu haqda kasallik statistikasini real vaqt rejimida kuzatib borayotgan Jon Hopkins universiteti xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 164 274 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Kasallik oqibatida vafot etganlar soni 3164 kishini tashkil etmoqda, 5847 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinda Italiya ketmoqda. Mamlakatda 100 mingdan ortiq odam infeksiyani yuqtirib olgan, 11,5 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Avvalroq AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangani, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan.

Mavzuga doir: Dunyoda koronavirusning tarqalishidan daromad ko‘rgan kompaniya nomi oshkor qilindi

30-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 150 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют