» » Koreyalik professor O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi

Koreyalik professor O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi


Xalqaro mutaxassis, Koreya respublikasining Koryo universiteti professori Soy Chje Uk xalqaro ekspert sifatida Janubiy Koreya tajribasi bilan O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bugungi metodologiyani uyg‘unlashtirish maqsadida mamlakatga taklif etildi. Bu haqda SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Koryo universiteti professori, Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi ilmiy-tekshirish qo‘mitasi raisi, ushbu assotsiatsiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtabi yetakchi maslahatchisi Soy Chje Uk yurtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forig‘ bo‘lishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan, deyilgan SSV xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют