» » AQSh hukumati koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi

AQSh hukumati koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi


AQShda joriy yilning kuzida COVID-19 koronavirusining ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkin, biroq odamlar bunga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘ladi. Bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifing davomida AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus davriy xarakterga ega va kuzda insondan insonga yuqishi mumkin bo‘lgan yengil bosqichda qaytadi.

Fauchining hisoblashicha, virusning ikkinchi to‘lqini mamlakat hozirda duch kelgan vaziyat bilan taqqoslaganda boshqacha bo‘ladi. Direktorning aytishicha, u vaqtga borib bir qator narsalar mutlaqo o‘zgaradi, masalan, virusni to‘xtatish imkoniyati va test o‘tkazish.

“Hozirda boshimizdan o‘tkazayotganlarimiz bu — shunchaki o‘rganilgan darsdan ko‘ra ko‘proq narsa. Bular bizning hozirda bor narsamiz, oldin bu yo‘q edi”, — deydi infeksionist.

O‘z navbatida AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat COVID-19 koronavirusining navbatdagi to‘lqiniga tayyor ekanligini bildirgan. “Biz tayyormiz. Bu sodir bo‘lmasligiga umid qilaman, lekin biz baribir tayyormiz”, — deydi mamlakat rahbari.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Donald Tramp mamlakat koronavirus pandemiyasidan 1-iyundan boshlab tiklana boshlashini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Amerika hukumati o‘zining sa’y-harakati bilan COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida qurbonlar sonining yanada ortib ketishining oldini olganini ham bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют