» » Slovakiyada 110 kundan keyin koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi kutilmoqda

Slovakiyada 110 kundan keyin koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi kutilmoqda


Slovakiyada hozirda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holatida 110 kundan keyin kasallik eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi, bunda kasallar soni 8 mingga yetishi mumkin. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Marek Kraychiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“COVID-19 koronavirusining tarqalishiga qarshi qabul qilingan chora-tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshiriladigan bo‘lsa, respublikada kasallikning yuqori cho‘qqisi 110 kundan keyin keladi. Taxminlarga ko‘ra, mingga yaqin odam sun’iy nafas oldirish apparatlariga muhtoj bo‘ladi va virus bilan kasallangan yana 7 ming kishi shifoxonaga joylashtiriladi”, — deydi vazir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Slovakiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 336 kishiga yetgan. 30-mart kuni mamlakat g‘arbidagi Boynitse shahrida COVID-19 bilan kasallangan bemor vafot etgan.

“Hozirda marhumning jasadini yorib ko‘rish natijasida olingan tahlillar javobi kutilyapti. Bemor aynan nimadan vafot etganiga aniqlik kiritiladi”, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Zuzana Eliashova.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 3 turdagi dori ishlab chiqilgani ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirusi o‘tgan yilning dekabr oyida Xitoyning Xubey provinsiyasida tarqalgan edi. 12-mart kuniga kelib mamlakatda koronavirus pandemiyasining eng yuqori cho‘qqisi ortda qolgani ma’lum qilingandi. Butun Xitoy bo‘ylab 82 mingdan ortiq odam ushbu virus bilan kasallangan, bemorlarning 90 foizidan ortig‘i sog‘ayib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют