» » Rossiyada koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test yaratildi

Rossiyada koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test yaratildi


“Rospotrebnadzor” Markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari COVID-19 koronavirus infeksiyasini aniqlovchi yangi reagentlar jamlanmasini yaratdi.

“AmpliSens Cov-Bat-FL” jamlanmasi klinik sinovlardan o‘tgan bo‘lib, 25-mart kuni Rossiyada foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

“Rospotrebnadzor”ning ma’lum qilishicha, mazkur test COVID-19’ni keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 koronavirusini aniqlashga, shuningdek, uni atipik pnevmoniya va Yaqin Sharq respiratorli sindromini keltirib chiqaradigan boshqa viruslardan ajratishga yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, test juda sezgir bo‘lib, insondagi boshqa epidemik koronavirus namunalari bilan yolg‘on-ijobiy reaksiya bermaydi.

Avvalroq Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 2 ta yangi test tizimi yaratilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test tizimini yubordi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham koronavirusni aniqlash bo‘yicha test tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilish, xavf yuqori bo‘lgan aholi punktlarida ko‘chma laboratoriyalar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют