» » Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bo‘yicha bir sutkada 48 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bo‘yicha bir sutkada 48 ta yangi holat qayd etildi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusdan 1 kishi vafot etdi, kasallikni chetdan yuqtirish bilan bog‘liq 48 ta yangi holat aniqlandi, 282 nafar bemor tuzaldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib.

Unda aytilishicha, Xitoyda umumiy hisobda koronavirusni chetdan yuqtirish bilan bog‘liq 771 ta holat qayd etilgan. Ulardan 667 kishi kasallanganligicha qolmoqda (shundan 18 nafarining ahvoli og‘ir), 104 kishi tuzalgan, chetdan kelgan kasallanganlarning vafot etgani hozircha qayd etilmagan.

“Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi 31 ta provinsiyadan (tumanlar, markazga bo‘ysunuvchi shaharlar) yangi turdagi koronavirus bilan jami 81 518 kishi kasallangani haqida ma’lumot oldi. Xususan, hozirgi vaqtda 2 161 kishi davolanmoqda (528 nafari og‘ir ahvolda), 76 052 kishi kasalxonadan chiqarilgan, 3 303 nafar bemor vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab dunyoda bo‘shab qolgan shaharlarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari e’lon qilindi

Pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida esa o‘tgan bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan, 367 kishiga shifoxonadan javob berilgan, Uxanda 3 kishi vafot etgan.

Gonkongda esa kasallanish bo‘yicha 682 ta (ulardan 4 nafari vafot etgan, 124 nafari davolangan), Makaoda 39 ta (10 kishi sog‘ayib ketgan), Tayvanda esa 306 ta holat (ulardan 5 nafari vafot etgan va 39 kishi tuzalgan) qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 28-martdan boshlab dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishi sabab vizasi bor yoki yashash huquqiga ega bo‘lgan chet elliklarning mamlakatga kirishini vaqtincha chekladi. Avvalroq Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bo‘yicha bir sutkada 54 ta yangi holat aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 31 mingdan oshdi, 680 mingga yaqin odam kasallangan. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 158 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют