» » Bishkekda koronavirus sabab shaxsiy avtomobildan foydalanishga taqiq qo‘yildi

Bishkekda koronavirus sabab shaxsiy avtomobildan foydalanishga taqiq qo‘yildi


Qirg‘izistonning Bishkek shahri komendanti koronavirus tarqalishiga qarshi qo‘shimcha cheklov choralarini joriy etdi, deb xabar bermoqda Tengrinews 24.kg’ga tayanib.

Qayd etilishicha, kuni kecha shahar kommendanti Almazbek O‘rozaliyev bu borada tegishli buyruqni imzolagan. Xususan, o‘ta zarur sabablarsiz shaxsiy avtomobilda harakatlanish taqiqlandi.

“Shahar bo‘ylab harakatlanish taqiqlanadi. Faoliyati komendant tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tashkilotlar xodimlarining ishga borishi va uyga qaytishi bundan mustasno. Bunda ish joyidan ma’lumotnoma bo‘lishi lozim. Shahar hayotini ta’minlaydigan korxona va tashkilotlardan tashqari barcha korxona va tashkilotlar faoliyati to‘xtatiladi”, — degan u matbuot anjumanida.

Shuningdek, qarindoshlar, tanishlar, qo‘shnilarni yo‘qlash, oila a’zolaridan tashqari 3 kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planish ham taqiqlandi. Voyaga yetmaganlarning esa ota-onalarining hamrohligisiz shaharda yurishi man etildi.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda koronavirusdan dastlabki uch bemor sog‘aydi. Ularning bari o‘zbeklar

“Ko‘chada o‘zining va boshqalarning hayotiga xavf tug‘diruvchi odamlar ko‘pligi sababli shunday choralar ko‘rishga majbur bo‘ldik. O‘ta zarur holatlarsiz tashqariga chiqmang. Aks holda biz qonon doirasida choralar ko‘ramiz”, — degan Almazbek O‘rozaliyev.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 94 ta holat aniqlandi. Ularning 3 nafari tuzalgan, yana 3 nafari og‘ir ahvolda. Respublikaning Bishkek, O‘sh, Jalolobod, Novqat va O‘sh viloyatining Qorasuv tumani hududida favqulodda holat rejimi va kommendantlik soati joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda  koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat 18-mart kuni aniqlangan. Mamlakatda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilgan. Shuningdek, mamlakat hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют