» » Samarqandda 35 fuqaro ikki haftalik karantindan chiqdi. Ular endi uy sharoitida nazorat qilinadi

Samarqandda 35 fuqaro ikki haftalik karantindan chiqdi. Ular endi uy sharoitida nazorat qilinadi


Samarqandda 35 nafar fuqaro 14 kunlik karantinda chiqdi. Endi ular uyida nazoratga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 35 nafar fuqaro 30-mart, dushanba kuni karantindan chiqqan. Ularning test natijalari manfiy javobni ko‘rsatgach, statsionar sharoitdan uy sharoitiga o‘tkazilgan. Fuqarolar 10 kunlik karantin sharoitida ham kuzatuv ostida bo‘ladi.

Ma’lumot berilishicha, bugungi kunda Samarqandda 4477 nafar fuqaro karantinda. Viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan. Infeksiya tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют