» » Toshkentda davolanayotgan koronavirusga chalingan 92 bemor O‘zbekistonning yetti hududidan. Qolgan 66 bemor — viloyatlarda

Toshkentda davolanayotgan koronavirusga chalingan 92 bemor O‘zbekistonning yetti hududidan. Qolgan 66 bemor — viloyatlarda


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan 158 bemorning 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“Bemorlarning 73 nafari erkak, 85 nafari ayollar bo‘lsa, shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 92 nafar bemorning yetti nafari sog‘aygan, bir nafari vafot etgan.

Bemorlarning 73 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Buxoro, 2 nafari Qashqadaryo, 2 nafari Navoiy, 7 nafari Samarqand, 1 nafari Sirdaryo hamda 5 nafari Toshkent viloyatidan.

Qolgan 66 nafar bemor (shundan bir nafari vafot etgan) O‘zbekistonning turli hududlaridagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 158 nafarga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют