» » O‘zbekiston Xitoydan 200 mingta test-sistemasi sotib oldi

O‘zbekiston Xitoydan 200 mingta test-sistemasi sotib oldi


O‘zbekiston 27,8 milliard so‘m evaziga Xitoydan 200 mingta test-sistemasi va 50 mingta bir martalik bosh kiyimli himoya kombinezonini sotib oldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Umumiy og‘irligi 20 tonnaga yaqin bo‘lgan yuk harbiy samolyotda olib kelingan. Maxsus reysda Xitoy taqdim etgan 2,5 milliard so‘mlik har xil turdagi tibbiy buyumlar shaklidagi insonparvarlik yordami ham keltirilgan.

Ma’lum qilishlaricha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 31-mart kuni 16 milliard so‘mlik, 3-aprelda esa qo‘shimcha 45 milliard so‘mlik tibbiy texnika va himoya vositalari sotib olinib, O‘zbekistonga olib kelinadi.

“Xorijiy tajribani keng o‘rgangan holda, sog‘liqni saqlash xodimlari uchun alohida 2-darajali, ya’ni ‘qizil zona’ga mo‘ljallangan maxsus kombinezonlarni xarid qilishga ham e’tibor qaratilgan”, — deyiladi hukumat axborotida.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilish haqida topshiriq bergan edi. Prezident matbuot xizmati testlar-sistemalarini Rossiya, Xitoy va Singapurdan sotib olish ko‘zda tutilganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, 28-mart kuni Xitoyning mudofaa sanoati kompaniyalari tomonidan bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, yuz uchun filtrlovchi niqoblar, tana haroratini o‘lchovchi termometrlar O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yordami sifatida yetkazib bergani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, 18-mart kuni AQSh tomoni koronavirus tarqalishiga qarshi kurash maqsadida O‘zbekistonga 10 mingta qo‘lqop, 10,2 mingta niqob, 1400 ta maxsus xalat, 200 ta ko‘zoynak taqdim etgani, 27-martda BAA O‘zbekistonga 8 tonna insonparvarlik yordami yuborgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 66) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют