» » Toshkentda koronavirusga chalingan 84 nafar, viloyatlarda esa 65 nafar bemor davolanmoqda

Toshkentda koronavirusga chalingan 84 nafar, viloyatlarda esa 65 nafar bemor davolanmoqda


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan 158 bemorning 73 nafari erkak, 85 nafari ayollar bo‘lsa, 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Mamlakatda hozirgacha 158 ta kasallanish holati qayd etilgan bo‘lsa, bemorlarning ikki nafari — Namanganda 72 yoshli onaxon va Toshkent shahrida 39 yoshli erkak — vafot etdi, yetti bemor esa sog‘ayib, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga o‘tkazilgan. Hozirda Toshkent shahrida 84 bemor davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Toshkent shahrida aniqlangan 92 ta kasallanish holatidan 73 tasi Toshkent shahrida yashovchi, ikkitasi Buxoro viloyatida yashovchi, ikkitasi Qashqadaryo viloyatida yashovchi, ikkitasi Navoiy viloyatida yashovchi, yettitasi Samarqand viloyatida yashovchi, bittasi Sirdaryo viloyatida yashovchi, beshtasi Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolarda qayd etilgan.

“Qolgan 66 nafar bemor (shundan bir nafari vafot etgan) O‘zbekistonning turli hududlaridagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida. Avvalroq Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Andijon, Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ham koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar ro‘yxatga olingani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют