» » Facebook Braziliya prezidentining karantinga amal qilmaslik haqidagi videosini o‘chirib tashladi

Facebook Braziliya prezidentining karantinga amal qilmaslik haqidagi videosini o‘chirib tashladi


Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari koronavirus tarqalishiga qarshi choralarga ko‘r-ko‘rona amal qilmayotgan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning videolarini dezinformatsiya sababli o‘chirib tashladi. Bu haqda Folha de S?o Paulo nashri xabar bermoqda.

“RIA Novosti”ning yozishicha, yakshanba kuni prezident Twitter’ga bir nechta video joylashtirgan bo‘lib, unda Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ijtimoiy masofalanish qoidalariga namoyishkorona rioya qilmagan. Braziliya poytaxti ko‘chalarida o‘z tarafdorlari bilan yaqin turib gaplashgan va iqtisodiyotning qulashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun karantinga ketmasdan ishlashda davom etishga chaqirgan. Keyinchalik bu xabar Twitter’dan o‘chirib tashlangan.

“Biz Facebook va Instagram’dan dezinformatsiyaga yo‘l qo‘ymaydigan jamiyatimiz normalarini buzadigan, odamlarga haqiqiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontentni o‘chirib tashladik”, — deyiladi Facebook xabarida.

Bolsonaru pandemiya boshlanganidan buyon iqtisodiyot uchun jiddiy tahdid, deb bir necha bor karantinga qarshi chiqqan. Uning fikri shtatlar va shaharlarda mustaqil ravishda qat’iy karantin choralarini joriy etayotgan bir qator gubernatorlar qarashlariga ziddir. Muxolifot koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy qabul qilishdan bosh tortgan prezidentning iste’fosini talab qilgan.

Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligining 30-mart kungi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 4 256 kishi koronavirusga chalingan, 136 kishi vafot etgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 690 ming kishidan oshib ketdi, 33 mingdan ortiq odam vafot etdi. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 158 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют