» » Gruziyada komendantlik soati joriy etildi

Gruziyada komendantlik soati joriy etildi


Gruziyada koronavirus pandemiyasi sabab komendantlik soati joriy etilmoqda. Bu haqda Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariyaga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, komendantlik soati kechki 21:00 dan ertalabki 06:00 ga qadar davom etadi. Ushbu vaqt oralig‘ida piyoda va transportda harakatlanish taqiqlanadi. Mazkur qaror 31-mart kuni soat 08:00 dan kuchga kirdi.

“Favqulodda holat vaqtida deyarli to‘liq karantin e’lon qilinadi. Soat 21:00 dan boshlab shaharlar va butun mamlakat bo‘ylab piyoda va tranportda harakatlanish taqiqlanadi”, — deydi bosh vaziri.

Shuningdek, karantin rejimi vaqtida 70 yoshdan oshgan qariyalarga ko‘chaga chiqish taqiqlanadi. Ular faqatgina yaqin atrofdagi oziq-ovqat do‘koni, dorixona yoki tibbiyot muassasasiga borishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 98 kishiga yetgan.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistonida komendantlik soati joriy etildi

Avvalroq Qirg‘izistonning yirik shaharlarida ham komendantlik soati joriy etilib, fuqarolarning kechki 20:00 dan keyin ko‘chaga chiqishi taqiqlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют