» » Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar aholisi karantin payti derazadan turib konsert uyushtirmoqda (video)

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar aholisi karantin payti derazadan turib konsert uyushtirmoqda (video)


Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi koronavirus epidemiyasi tufayli joriy etilgan karantin payti zerikmaslik uchun turli ko‘ngilochar fleshmoblarni o‘ylab topmoqda.

Xususan, karantin payti odamlarning ruhini ko‘tarishga qaratilgan shunday tadbirlar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ulardan biri “balkon konsertlari” bo‘lib, poytaxtdagi opera qo‘shiqchilari ko‘p qavatli uylar derazalaridan turib opera ijro etmoqda. Videoda tomoshabinlar qo‘shiqchilarni olqishlab, qarsak chalayotganini eshitish mumkin.

Bunday chiqishlarni Italiya va Ispaniya musiqachilari boshlab bergandi. Toshkent aholisi ham ulardan ilhomlanib, har kuni uylarining derazalaridan turib turli qo‘shiqlarni ijro etmoqda.

Avvalroq Yangiyo‘lda ko‘p qavatli uylar aholisi derazadan turib koronavirusga qarshi kurashayotgan ichki ishlar xodimlarini olqishlayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Keyinroq Toshkent aholisi ham Prezident va koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha mutasaddilarni shunday olqishlagan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8 taga oshib, 158 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Yulduz Usmonova har kuni Instagram orqali jonli konsert beradi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют