» » “Insonning qandoq ko‘milishi emas, qandoq yashag‘oni muhim”. Jahongir Qosimovning “Ibrat” tarixiy filmi treyleri e’lon qilindi (video)

“Insonning qandoq ko‘milishi emas, qandoq yashag‘oni muhim”. Jahongir Qosimovning “Ibrat” tarixiy filmi treyleri e’lon qilindi (video)


Rejissor Jahongir Qosimov shoir va o‘zbek ma’rifatparvari Is’hoqxon Ibrat hayotiga bag‘ishlangan film ishladi.

“Ibrat” filmi real voqealar asosida suratga olingan bo‘lib, unda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiyev, Saidkomil Umarov, Erkin Komilov, Behzod Muhammadkarimov, Matyoqub Matchonov, Tohir Saidov, Zulhumor Mo‘minova hamda Akbarxo‘ja Rasulov kabi mahoratli aktyorlar turli obrazlarni gavdalantirgan.

Filmning katta ekranlarga chiqish sanasi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, 1862-yil Qo‘qon xonligidagi Namangandan uzoq bo‘lmagan To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan Is’hoqxon To‘ra Junaydullo xo‘ja o‘g‘li – jadidchi, yozuvchi, tarjimon-poliglot, tarixshunos bo‘lgan. U sakkizta tilda so‘zlasha olgan.

O‘zining asarlarida Ibrat xalqini o‘qimishli va ma’naviyatli ko‘rishni istagan. Ibrat ko‘plab ilmiy, tarixiy va tilshunoslikka oid kitoblar yozadi. Ular orasida “Tarixi Farg‘ona” (“Farg‘ona tarixi”), “Tarixi madaniyat” (“Tarix madaniyati”), “Mezon uz-zamon” (“Zamonlar batafsil”), “Zabonxoi sharq” (“Sharq tillari”) va boshqa kitoblari ayniqsa mashhur bo‘lgan.

1920-yil oxiri, 1930-yil boshlarida u davlat lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1935-yil Is’hoqxon Ibrat barcha lavozimlardan ozod etiladi va unga maktablarda dars berish taqiqlanadi. 1937-yil u “sovetga qarshi targ‘ibot”da ayblanib, hibsga olinadi va qamaladi. Shu yilning aprel oyida Andijondagi qamoqda vafot etadi, uning yoshi 75 da edi. Is’hoqxon Ibratning dafn etilgan joyi hanuz noma’lum.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют