» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning qaysi hududlarda davolanayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning qaysi hududlarda davolanayotgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 158 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 92 nafari (shundan 7 nafari sog‘aygan, bir nafari vafot etgan) Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida, qolgan 66 nafari (shundan bir nafari vafot etgan) esa qator viloyatlardagi shifoxonalarda davolanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 26 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Farg‘ona ushbu ko‘rsatkich bilan Toshkent shahridan keyingi o‘rinda turibdi. Ularning 9 nafari farg‘onalik. Qolgan 4 nafari andijonlik, 1 nafari jizzaxlik, 3 nafari samarqandlik,7 nafari poytaxtlik, 2 nafari Toshkent viloyatidan. Kasallikka chalinganlarning 17 nafari shu yilning 25-mart kuni Turkiyadan Farg‘onaga charter reysda kelgan yo‘lovchilar orasida aniqlangan. Shu kuniyoq ular statsionar karantinga olinib, kasallik tasdiqlangach, ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga o‘tkazilgan.

Namangan viloyatida esa 15 kishida ushbu infeksiya aniqlangan. Ularning 13 nafari virusni 12 va 13-mart kunlari Turkiya safarida bo‘lib qaytgan ikki nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarodan yuqtirib olgan. Ayni paytda bemorlar viloyatdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada davolanmoqda. Bir nafar bemor vafot etgan.

Andijon viloyatida 8 nafar bemor bor va ularning barchasi andijonliklar hisoblanadi. Bundan tashqari boshqa viloyatlarda yana 6 nafar andijonlik bemor mavjud — 2 nafari Buxoroda, 4 nafari esa Farg‘onada viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Hozirda bir nafar xorazmlikda ushbu infeksiya tasdiqlangan. Ammo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bundan tashqari, yana 5 nafar bemor davolanmoqda. Ularning 2 nafari surxondaryolik, 1 nafari buxorolik, 1 nafari qoraqalpog‘istonlik, 1 nafari esa farg‘onalik hisoblanadi.

Buxoro viloyatida 8 nafar, jumladan, Andijon va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo viloyati hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 1 nafardan bemor davolanmoqda. Ularning 4 nafari 22-mart kuni Istanbul—Buxoro charter reysida va yana 4 nafari esa 24-mart kuni Moskva—Buxoro charter reysida kelgan va karantinga olingan, kasalligi tasdiqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Moskvadan charter reysda kelib, kasalligi tasdiqlangan 2 nafar buxorolik poytaxtda va 22-martda Moskvadan charter reysda Urganchga uchgan bir nafar ushbu viloyat fuqarosi Xorazm yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Ayni vaqtgacha uch nafar qashqadaryolikda ushbu infeksiya aniqlangan. Shundan bemor bilan muloqot orqali ushbu infeksiyaga chalinib, bir nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bo‘lsa, qolgan 2 nafari 21 va 28-mart kunlari Moskvadan kelgan shahrisabzlik va yakkabog‘lik fuqarolar hisoblanadi. Ular poytaxtdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida muolaja olmoqda.

Navoiy viloyatida ham 2 nafar bemor bo‘lib, ular asli ushbu hududdan bo‘lgan va kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgani sababli virusni yuqtirib olgan hamda viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan muassasada davolanmoqda.

Mavzuga doir: Nurmat Otabekov: Kasallik qo‘zg‘atuvchisi O‘zbekiston bo‘ylab aylanib yuribdi

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan 158 bemorning 73 nafari erkak, 85 nafari ayollar bo‘lsa, 5 nafari voyaga yetmagan bolalar ekanligi ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют