» » AQShda koronavirusni bezgakka qarshi dorilar bilan davolashga ruxsat berildi

AQShda koronavirusni bezgakka qarshi dorilar bilan davolashga ruxsat berildi


AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifati bo‘yicha sanitariya nazorati boshqarmasi (Food and Drug Administration — FDA) bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlaridan koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda foydalanishga favqulodda ruxsat berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ushbu dori-darmonlar shifokorlar klinik sinovlar mumkin bo‘lmagan yoki imkonsiz bo‘lgan holatlarda sharoitga qarab, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan o‘spirinlar va katta yoshli bemorlarni davolash uchun davlat strategik zaxirasidan shtatlarga tarqatiladi”, — deyiladi FDA xabarida.

AQSh Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, gidroksixloroxin va xloroxin bezgakka qarshi preparatlar hisoblanadi.

“Hozirgi kunda COVID-19’ni davolashning tasdiqlangan usullari yo‘q bo‘lsa ham har ikkala preparat laboratoriya tadqiqotlarida koronaviruslarni, shu jumladan, COVID-19’ni davolashda samarali ekanligini ko‘rsatdi”, — deb aytilgan vazirlik xabarida, shu bilan birga, ushbu davolash usullarining samaradorligini ilmiy isbotlash uchun klinik tadqiqotlar zarurligi ta’kidlangan.

The Washington Post esa ushbu preparatlar yetarli ravishda sinovdan o‘tkazilmaganini, mutaxassislar uning ko‘plab salbiy ta’sirlaridan ogohlantirayotganini aytib o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, yurak kasalligi bo‘lgan bemorlar, shuningdek, yurak urishiga ta’sir o‘tkazuvchi antidepressantlarni qabul qiladigan odamlarda ushbu preparatlarni qabul qilish o‘lim bilan yakunlanishi ehtimoli bor.

Bundan tashqari, ularni uzoq vaqt qabul qilish retinopatiya — ko‘z to‘r pardasida qon aylanishining buzilishi oqibatida ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bo‘lib turibdi. Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 164 ming kishidan, vafot etganlar soni esa 3,1 ming kishidan oshdi.

Mavzuga doir: Tramp koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atadi

Avvalroq AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangani, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют