» » Bishkekda birinchi marta videoaloqa orqali to‘y o‘tkazildi (video)

Bishkekda birinchi marta videoaloqa orqali to‘y o‘tkazildi (video)


Koronavirus tufayli 25-martdan favqulodda holat e’lon qilingan Qirg‘izistonda ilk marta onlayn to‘y o‘tkazildi, deb xabar berdi “Kaktus media”.

Bishkek shahrida yashovchi yoshlar to‘ylarini videoaloqa orqali o‘tkazgan.

To‘yda kelin-kuyovning qarindoshlari, do‘stlari va hatto boshlovchi ham ishtirok etdi.

“Biroz hayajondaman, chunki videoaloqa orqali o‘tkazilayotgan to‘yda birinchi marta boshlovchilik qilaman”, — deydi to‘y boshlovchisi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 94 ta holat aniqlandi. Ularning 3 nafari tuzalgan, yana 3 nafari og‘ir ahvolda. Respublikaning Bishkek, O‘sh, Jalolobod, Novqat va O‘sh viloyatining Qorasuv tumani hududida favqulodda holat rejimi va komendantlik soati joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda  koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat 18-mart kuni aniqlangan. Mamlakatda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilgan. Shuningdek, Bishkekda koronavirus sabab shaxsiy avtomobildan foydalanishga taqiq qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda sevishgan juftlik to‘ylarini onlayn tarzda o‘tkazdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют