» » Qashqadaryo Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xususiy klinika rahbariga bosim o‘tkazilayotganini rad etdi

Qashqadaryo Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xususiy klinika rahbariga bosim o‘tkazilayotganini rad etdi


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi xususiy klinika rahbari Nurali Shoimov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Botir Jo‘rayev unga bosim o‘tkazib, faoliyat yuritib kelayotgan QVP binosidan chiqib ketishini talab qilayotganini aytgandi.

Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati mazkur holatni rad etmoqda.

Maqolada qayd etilgan boshqarmamiz mutasaddilari tomonidan tadbirkorga bosim o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar asossiz, deb hisoblaymiz. Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi balansida bo‘lgan 70 o‘rinli, 2013-yilda zamonaviy loyiha asosida qurilgan Qorasuv QVP binosi 2018-yildan 2019-yil dekabrgacha “Sardor Nur Med Servis” xususiy korxonasi tomonidan ijaraga foydalanib kelingan.

Shartnoma muddati yakunlanganidan so‘ng, ilgari Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi binolarda ijarada turib, faoliyat ko‘rsatib kelgan tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi sil kasalliklari dispanseri joylashtirilgan. Shahrisabz tumani hokimining 2020-yil 4-fevraldagi qarori hamda tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘iga asosan Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Qorasuv QVP binosi va egallab turgan yer maydoni tuman sil kasalliklari dispanseriga doimiy foydalanish uchun ajratib berilgan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining roziligisiz davlat sog‘liqni saqlash muassasalarining yer uchastkalari va ko‘chmas mulklari begonalashtirilishi taqiqlangan.

Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati

“Daryo”ga shikoyat qilgan tadbirkor “viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Botir Jo‘rayev menga do‘q qilib, har qanday vaziyatda QVP binosidan majburlab chiqarishini aytdi. Va menga bosim o‘tkazayotgani uchun ‘olti martalab’ javob berishini ta’kidladi”, — deya audioyozuv ham taqdim etgandi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda xususiy klinika faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorga bosim o‘tkazilayotgani aytilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют