» » O‘zbekistonda shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma berish yanada soddalashtirildi

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma berish yanada soddalashtirildi


Toshkent shahri, viloyatlar markazi va Nukus shahrida 30-mart soat 06:00 dan boshlab ahamiyati yuqori bo‘lmagan hamda shaxsiy avtomobillar harakatiga nisbatan joriy qilingan cheklov davrida avtotransport vositalarida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) olishga ariza yuborishda id.gov.uz orqali avtorizatsiyadan o‘tish talab etilmaydi.

Ariza yuborish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining ushbu sahifasiga o‘tib, so‘ralgan ma’lumotlarni jo‘natish kerak. Xizmat TOP-xizmatlar qatoriga qo‘shilgan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining bosh sahifasiga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020-yil 30-martdan 20-aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.

Hozirgi paytgacha 1 kun ichida tezkor ravishda 5500 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazidagi Davlat xizmatlari markazlariga ko‘plab fuqarolar tashrifi kuzatildi. Shu sababli, mazkur ruxsatnoma uchun arizalar faqat elektron shaklda qabul qilinmoqda.

Mavzuga doir: Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Bundan tashqari, Transport vazirligi cheklovning yuk mashinalari va agrotexnikaga taalluqli emasligini bildirgan.

Avval Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 1-aprelgacha shaxsiy avtomobillardan ruxsatnomasiz foydalanish mumkinligini rad etgani, Ichki ishlar vazirligi ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishini ma’lum qilgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют