» » Latviya va Erondan qaytarilgan fuqarolar Namanganda karantin muddatini o‘tab, o‘z uylariga qaytdi (foto)

Latviya va Erondan qaytarilgan fuqarolar Namanganda karantin muddatini o‘tab, o‘z uylariga qaytdi (foto)


Latviya va Erondan evakuatsiya qilingan hamda Namanganda karantinga olingan fuqarolar karantin muddati tugagach, o‘z viloyatlariga qaytdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Erondan olib kelingan 37 nafar va Latviyadan qaytgan 175 nafar o‘zbekistonlik To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Kosonsoy” sihatgohida karantin kuzatuviga olingan edi.

Mazkur fuqarolar 31-mart kuni karantin muddatini tamomlab, o‘z viloyatlariga jo‘nab ketdi.

Shuningdek, Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga olib kelinganlar xuddi shu tartibda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chotqol” sihatgohida karantinda bo‘ldi. Ular orasida 29 nafar namanganlik ham bor edi. 31-mart kuni ular ham Namanganga qaytib keldi. Endi mazkur fuqarolar uy karantini sharoitida shifokorlar kuzatuvida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 23-mart kuni Seuldan charter reys orqali olib kelingan 196 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi “Chortoq” sanatoriysiga joylashtirilgan. Shuningdek, Tailanddan olib kelingan 257 nafar o‘zbekistonlik Farg‘onadagi “Qiziltepa” sihatgohiga, Jakartadan Buxoroga olib kelingan 54-nafar o‘zbekistonlik “Jo‘yizar” sog‘lomlashtirish maskaniga, Turkiyadan qaytarilgan 240 nafar fuqaro Buxorodagi Sitorai Mohi-Xosaga, Misrdan olib kelingan 177 nafar fuqaro Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sog‘lomlashtirish markaziga 14 kunlik karantinga joylashtirilgan edi. Shuningdek, O‘zbekistonning 253 nafar fuqarosi charter reys orqali Novosibirskdan olib kelingan edi. Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish haqida ko‘rsatma bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют