» » Toshkentda karantin payti xo‘roz urishtirgan bir guruh fuqaro jarimaga tortildi

Toshkentda karantin payti xo‘roz urishtirgan bir guruh fuqaro jarimaga tortildi


Toshkentda karantin paytida xo‘roz urishtirgan erkaklar poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlanib, jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib, “Azon.uz” xabar berdi.

“28-mart kuni soat 16:00 atrofida Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning hovlisida bir guruh erkaklar xo‘rozlar jangini uyushtirdi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari Ma’muriy javobgarlik kodeksining 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) bo‘yicha bayonnoma tuzgan. Karantinni buzganlarga ma’muriy choralar ko‘rilgan — ular jarimaga tortilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq kishi karantin qoidalarini buzganini ma’lum qildi

Toshkent shahar IIB fuqarolardan karantin rejimi qoidalariga rioya qilishni talab qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют