» » O‘zbekistonda aprel oyining birinchi kuni yomg‘irli ob-havo bilan boshlanadi

O‘zbekistonda aprel oyining birinchi kuni yomg‘irli ob-havo bilan boshlanadi


“O‘zgidromet” 1-aprel, chorshanba kuni, uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют