» » “Yuventus” koronavirus sabab Krishtianu Ronalduni sotib yuborishga tayyor

“Yuventus” koronavirus sabab Krishtianu Ronalduni sotib yuborishga tayyor


Koronavirus pandemiyasi sabab “Yuventus” moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda, deb xabar bermoqda II Messaggero.

2019/20-yilgi mavsum davom ettiriladigan bo‘lsa, Turin klubi Ronalduga avvalgi holda maosh to‘lay olmaydi. Krishtianu ayni damda “Yuventus”da yiliga soliqlardan tashqari 31 million (soliqlar bilan birga esa 54 million yevro) yevro maosh oladi. Futbol bahslari to‘xtatilgani sabab turinliklar futbolchilarga 4 oylik maoshini bermaslikka qaror qilgan.

Shu boisdan klub Ronalduni mavsum so‘ngida 70 million yevro evaziga sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Agar Ronaldu maoshini kamaytirishga rozi bo‘lsa, unga yangi kelishuv taklif qilish rejasiga esa zaxira varianti sifatida qaralmoqda.

Portugaliyalik yulduzning “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil iyuniga qadar tuzilgan. Ronaldu joriy mavsum klub safida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют