» » O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusni aniqlash bo‘yicha nechta test o‘tkazilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusni aniqlash bo‘yicha nechta test o‘tkazilgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 31-martga qadar koronavirusni aniqlash bo‘yicha jami 22 156 ta virusologik tekshirish o‘tkazilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar koronavirus bor yoki yo‘qligini aniqlash bo‘yicha jami 22 156 ta virusologik tekshiruv o‘tkazilgan. Bir kunning o‘zida 3173 ta test o‘tkazilgan va oltita test natijasi ijobiy chiqqan holatlar kuzatilgan.

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda qayd etilgan bemorlardan 17 nafarining kasalligi bir kishiga borib taqaladi.

Ta’kidlanishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan infeksiyaning tarqalish yo‘llari va yosh bo‘yicha yuqish darajasi yuzasidan tahlillar olib borilmoqda. Koronavirus bilan kasallanishning har bir yangi holati epidemiologik nuqtai nazardan o‘rganiladi.

Avvalroq Nurmat Otabekov kasallik qo‘zg‘atuvchisi O‘zbekiston bo‘ylab aylanib yurganini aytgan edi. Andijonda karantinga olingan fuqarolarning xonadonlariga maxsus belgilar yopishtirib chiqildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning qaysi hududlarda davolanayotgani ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilish haqida topshiriq bergan edi. Prezident matbuot xizmati test-sistemalarini Rossiya, Xitoy va Singapurdan sotib olish ko‘zda tutilganini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston Xitoydan koronavirusni aniqlovchi 200 mingta test-sistemasi sotib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют