» » Karantin vaqtida o‘qishni ko‘chirish masalalarining qanday hal etilishi haqida ma’lumot berildi

Karantin vaqtida o‘qishni ko‘chirish masalalarining qanday hal etilishi haqida ma’lumot berildi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov o‘qishni ko‘chirish borasidagi muammoli masalalar bo‘yicha AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifingda ma’lumot berdi.

“Xorijiy davlatlarda o‘qiyotgan respublikamiz fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga o‘qishni ko‘chirish imkoniyatiga ega. Bu Vazirlar Mahkamasining 293-sonli qarorida aniq ko‘rsatilgan.

O‘quv yili tugaganidan keyin 15-iyuldan hujjatlarni qabul qilish boshlanadi. O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan talabalar ariza topshirishlari mumkin”, — deydi Abduvali Xoliqov.

Shuningdek, Oliy ta’lim vazirligi mutasaddisi masofaviy ta’limda tahsil oladigan talabalarning o‘qishini ko‘chirish masalalariga ham oydinlik kiritdi.

“O‘qishini O‘zbekistondagi ta’lim muassasiga ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda 15-iyuldan 5-avgustga qadar Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan ishchi guruhlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin”, — dedi vazirlik bosh boshqarmasining boshlig‘i.

U koronavirus tufayli oliy ta’limda yozgi ta’til bo‘lmasa yoki navbatdan tashqari ta’til davom etsa, o‘qishni ko‘chirish masalasi qanday bo‘lishi haqida ham axborot berdi va karantinning davom etish vaqtiga qarab ayrim jarayonlarning amalga oshish davri o‘zgarishi mumkinligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi karantin davri tugashi bilan tegishli jarayonlarni amalga oshirish choralarini ko‘rishini bildirdi.

Mavzuga doir: 

Avval O‘zbekistonda bog‘cha bolalari uchun 1-apreldan televizion mashg‘ulotlar efirga uzatilishi, epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzgan 289 kishi 100 million so‘mdan ortiq jarimaga tortilgani, shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma berish yanada soddalashtirilgani hamda O‘zbekistonning Xitoydan 200 mingta test-sistemasi sotib olgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют