» » Xitoy fuqarosiga 150 ming dollarni qaytarib bermagan namanganlik tadbirkorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Xitoy fuqarosiga 150 ming dollarni qaytarib bermagan namanganlik tadbirkorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Toshkentdagi “MM Gudvil” MChJda texnolog sifatida faoliyat yuritadigan Xitoy fuqarosi Tudi Simayui O‘zbekiston IIV korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga namanganlik tadbirkordan pulini qaytarib ololmayotgani masalasida murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Arizachiga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi xususiy tadbirkor B. Mirabbos 2015-yil aprel oyida teri mahsulotlarini yetkazib berishni va’da qilib, undan 220 ming dollar olgan.

Bu mablag‘dan 68 850 dollariga chindan ham teri mahsulotlari yetkazib berilgan, biroq qolgan 151 150 dollar shu kungacha qaytarilmagan yoki mahsulot taqdim etilmagan. 

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyat IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют