» » Farg‘onada 30-mart kuni Cobalt urib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada 30-mart kuni Cobalt urib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi


Farg‘ona shahrida 30-mart, dushanba kuni, yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1996-yilda tug‘ilgan M.M. Cobalt avtomobilida katta tezlikda harakatlanib, yo‘lning belgilanmgan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda B.X.ni urib yuborgan.

Og‘ir jarohat olgan erkak shifoxonaga olib borish chog‘ida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, karantin sababli 30-mart soat 06:00 dan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida shaxsiy avtomobillarning maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi cheklangan.

Avvalroq Farg‘ona tumanida Lacetti va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi, Termizda yuz bergan Lacetti va Matiz to‘qnashuvida esa ikki kishi halok bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют