» » Moskvada yashovchi aholi chiqindi tashlagani chiqish uchun ham ruxsatnoma olish majburiyatini oladi

Moskvada yashovchi aholi chiqindi tashlagani chiqish uchun ham ruxsatnoma olish majburiyatini oladi


Karantinda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilib o‘tirgan Moskva shahri aholisi meriya sayti orqali har bir uydan chiqishiga QR-kodlar olishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Kommersant” meriyaning xizmat taqdimotlariga asoslanib xabar qilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu taqdimotlarning skrinshotlari ham tarqalgan.

QR-kod ishga, poliklinikaga, dala hovliga borish, oziq-ovqat sotib olish maqsadida do‘konga chiqish, uy hayvoni bilan o‘z uyidan 100 metr masofada sayr qilish, shuningdek, axlat tashlash uchun ko‘chada yurish uchun olinadi.

QR-kodni olish uchun merning saytida ro‘yxatdan o‘tish, u yerda yashash manzilini aniq ko‘rsatish, shuningdek, o‘z suratini yuklash talab etiladi. Shundan keyin shaxsiy kabinetda uydan chiqish yuzasidan so‘rov qoldirish imkoniyati paydo bo‘ladi. QR-kod faqat bitta operatsiyani amalga oshirish uchun beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan taqdimotning skrinshotlarida hujjatlarning yakuniy ko‘rinishi aks etgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: 

Avval Moskvada karantin qoidalarini kuzatadigan tizim ishga tushirilishi, Vladimir Putin bir hafta avval tashrif buyurgan shifoxonaning bosh shifokorida koronavirus aniqlangani, Rossiyada koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test yaratilgani  hamda Putin va Tramp telefon orqali koronavirus pandemiyasi hamda neft narxlarini muhokama qilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют