» » Bosh davlat sanitariya inspektori: “Xorijdan kelganiga bir oy bo‘lgan fuqaro karantinga majburiy tartibda joylashtirilmaydi”

Bosh davlat sanitariya inspektori: “Xorijdan kelganiga bir oy bo‘lgan fuqaro karantinga majburiy tartibda joylashtirilmaydi”


Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekistonga bir oy oldin xorijdan qaytgan fuqarolarni karantinga olish mumkin emasligini ma’lum qildi.

“Agar mazkur shaxs bir oy oldin Belarusdan qaytgan bo‘lsa uning karantinda bo‘lishi shart emas. Karantin koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik jihatdan noxush vaziyat bo‘lgan mamlakatdan qaytgan yoki koronavirus yuqtirgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ikkala holatda ham 14 kunlik majburiy karantinga olish belgilangan”, – deya ta’kidlagan Otabekov.

Nurmat Otabekov 14 kunlik karantinga olingan fuqarolarning ushbu muddat yakunlanganidan keyin ushbu joyga boshqa guruhning qay tartibda joylashtirilishi haqida ham gapirgan.

“Bir marotaba joylashtirilgan 14 kunlik karantinni o‘tab bo‘lmaguniga qadar, boshqa guruhlar yoki shaxslar ular orasiga qo‘shilmaydi. Karantindagilar chiqib ketganidan keyin, ushbu muassasalarda dastlab dezinfeksiya vositalar bilan ishlov beriladi, ma’lum vaqt ekspozitsiya qilingandan so‘ng, yaxshilab tozalanadi va keyin boshqa guruh joylashtirilishi mumkin”, – degan Otabekov.

Mavzuga doir: Yarim oydan ortiq koronavirus bilan yashayotgan Toshkent — suratlarda

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 31-mart holatiga ko‘ra, 172 nafarga yetgan. 1-apreldan boshlab bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun televizion mashg‘ulotlar efirga uzatiladi. 31-martga qadar epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzgan 289 kishi 100 million so‘mdan ortiq jarimaga tortilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют