» » Milliarder Iskandar Mahmudovning kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda po‘lat quyishni yo‘lga qo‘yadi

Milliarder Iskandar Mahmudovning kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda po‘lat quyishni yo‘lga qo‘yadi


O‘zbekiston va Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi po‘lat quyishni yo‘lga qo‘yish uchun Tebinbuloq konida (Qoraqalpog‘iston) tarkibida vanadiy mavjud bo‘lgan titanomagnetit rudasini ishlab chiqish bo‘yicha loyihani amalga oshirish haqidagi memorandumni imzoladi, deb yozadi UzNews.

Mazkur hujjat 2017-yilning 3-aprelida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida imzolandi.

Investitsiya hajmi — 1,5 milliard dollar. Loyiha doirasida yiliga 22 million tonna ruda qazib olinuvchi ochiq konni qazish, tarkibida o‘rtacha 65 foiz temir bo‘lgan temir rudasi konsentratini olish uchun tog‘-kon kombinati, shuningdek, yiliga 1,5 million tonna cho‘yan ishlab chiqarish quvvatiga ega metallurgiya kompleksini qurish ko‘zda tutilgan.

Mahmudov Iskandar Qahramonovich 1963-yilning 5-dekabrida Buxoroda dunyoga kelgan — asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik tadbirkor, Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi asoschisi va prezidenti. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilda uning boyligi 4 milliard dollarni tashkil etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют