» » “Koronavirus boshqalar uchun, men uchun emas”. Buxorolik fuqaro karantin qoidalarini buzdi (video)

“Koronavirus boshqalar uchun, men uchun emas”. Buxorolik fuqaro karantin qoidalarini buzdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda “Koronavirus boshqalar uchun, men uchun emas-ku! Bu yerdan hozir sekin chiqib ketayapman” deya karantindan qochayotganini aytgan fuqaroning videosi tarqaldi.

Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan Buxoro IIB axborot xizmatining yozishicha, holat viloyatda sodir etilgan bo‘lib, yuqumli kasalliklar shifoxonasida karantinga olingan ushbu fuqaroning harakati yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 19-mart kuni “Moskva—Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd orqali O‘zbekistonga qaytgan 30 yoshli buxorolik fuqaro R.Sh. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Bolalar markaziy  shifoxonasi”da karantinga olingan. Ammo u 21-mart kuni o‘zboshimchalik bilan karantindan qochgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) hamda 257/1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Karantindan qochgan buxorolikka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu fuqaro bilan bog‘lik ikkita video tarqalgan.

Fuqaro R.Sh. dastlabki videoni Rossiyada bo‘lgan vaqtida tasvirga olib, Telegram orqali do‘stlariga yuborganini aytgan bo‘lsa, keyingi videoni Buxoro viloyatidagi karantinda saqlash joyida olganini, uyali telefonini esa ichki kiyimlariga yashirgan holda olib kirganini aytgan.

R.Sh.ning mobil telefoni xodimlar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. Fuqaro esa hozirda Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining alohida xonasida IIB xodimlari qo‘riqlovida saqlanmoqda.

Hozirda holat yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 5 nafarga oshib, 172 kishini tashkil qilmoqda.

 

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют