» » Toyota Land Cruiser’ning xitoycha nusxasi orginalidan ham hashamatli bo‘lib chiqdi (video)

Toyota Land Cruiser’ning xitoycha nusxasi orginalidan ham hashamatli bo‘lib chiqdi (video)


Tarmoqlarda Toyota Land Cruiser’ning Xitoyda ishlab chiqarilgan “egizagi” — Hengtian L4600 yo‘ltanlamasining videosi paydo bo‘ldi. Xitoy nusxasining saloni orginalidan ham hashamatli ko‘rinishga ega: L4600’da ulkan multimediali tizim, ko‘proq yog‘och qoplamali qismlar, charm bilan qoplangan o‘rindiqlar mavjud, deb xabar beradi Motor.

Hengtian L4600 o‘lchami jihatidan Land Cruiser 200’ga qaraganda kattaroq: uzunligi 5239 millimetr, eni — 2026 millimetr, balandligi — 1932 millimetr, g‘ildiraklar bazasi esa 2950 millimetrga teng. Taqqoslash uchun, Land Cruiser 200 modelining o‘lchamlari — 4950 x 1970 x 1950 millimetr, g‘ildiraklar bazasi — 2850 millimetr.

Tashqi ko‘rinishidan L4600 Toyota’ning ikki modeliga o‘xshab ketadi: old tomonidan Land Cruiser Prado’ni yodga solsa, orqa tomonidan 2007-yilda ishlab chiqarilgan Land Cruiser 200’ga o‘xshaydi. Kuzov panellari va optikalari orginal bo‘lsa-da, bir qarashda yaponlarniki kabi ko‘rinishga ega.

Hengtian L4600’ga Futai Power tomonidan ishlab chiqarilgan 286 kuchga ega 4,6 litrli benzin dvigatel o‘rnatilgan va u mexanik uzatmalar qutisi orqali boshqariladi. Mazkur model aprel oyida taqdim etilishi kerak edi, biroq Pekindagi avtosalon koronavirus sabab bekor qilingach, ishlab chiqaruvchi onlayn debyut bilan cheklanib qolishi mumkin.

Xitoy OAVning yozishicha, Land Cruiser’ning ushbu nusxasi 270 ming yuan (37 800 dollar) atrofida sotuvga chiqishi mumkin. Taqqoslash uchun, Toyota Land Cruiser 200 modelining narxi 800 ming yuan (112 000 dollar) atrofida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют