» » XXI asrning eng yorqin kometasi Yerdan qachon ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi

XXI asrning eng yorqin kometasi Yerdan qachon ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi


Amerikalik astronomlar ATLAS kometasi Quyosh tomon harakatlanayotganini ma’lum qildi. Ekspertlarning fikricha, u XXI asrning eng yorqin kometasiga aylanishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, 23-may kuni u shimoliy yarimshar aholisiga tiniq ko‘rinadi, deb xabar berdi Tengrinews.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kometa Asteroid Terrestrial-impact Last Alert System (ATLAS) astronomlari tomonidan 2019-yilning dekabrida ochilgan. Dastlab xira bo‘lgani sabab, uni ko‘rish qiyin bo‘lgan. Bir oydan so‘ng, kometaning yorqinligi to‘rt ming marotabaga oshgan (olimlar qilgan taxmindan ancha tezlashib ketgan). 17-mart kuni kometa yana 600 marotabaga yorqinlashgan.

Kometa ilk bor aniqlanganida Quyoshdan 439 million kilometr uzoqlikda bo‘lgan, biroq 31-may kuni ATLAS yulduzlardan 37,8 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, kometa shu holda qizishni davom etib, tunda Oy kabi ko‘zga tashlanuvchi obyektga aylanadi. Taxminlarga ko‘ra, kometa 1844-yilda aniqlanib, 290 kun davomida insonlar kuzata olgan “Buyuk kometa” kabi yorqin bo‘ladi.

Mavzuga doir: Odamzot taraqqiyotini baholab kelayotgan kometa: 6-mart – Galleyga Vega zondi yaqinlashgan kun

Italiyalik astronom Alessandro Marchini YouTube’da kometa qanchalik yorqin bo‘lishi tasvirlangan videoni joylashtirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют